21:11 / 09.04.2022
1 200

Gennadiy Golovkin yaponiyalik raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi

Gennadiy Golovkin yaponiyalik raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi
Professional boksning o‘rta vazn toifasida (-72,5 kg) IBF chempionlik kamari sohibi Gennadiy Golovkin (42-1-1, 37 KO) 9 aprel kuni WBA chempioni yaponiyalik Riota Murata (16-2, 13 KO) bilan birlashtiruvchi jangda ringga ko‘tarildi.

Jangda qozog‘istonlik bokschi ustunlikka ega bo‘ldi va 9-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Shu tariqa Golovkin WBA kamarini ham o‘ziniki qildi.

Gennadiy bundan oldingi jangini 2020 yil Kamil Sheremetaga qarshi o‘tkazgan edi. Qozog‘istonlik bokschi raqibini muddatidan avval taslim etgandi.

Murata esa 2019 yilda kanadalik Stiven Butler ustidan g‘alaba qozongan.

Gennadiy Golovkin1, Riota Murata1, Professional boks1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gennadiy Golovkin yaponiyalik raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi