1 165
Ro‘ziqul Berdiyev: "Al Sadd"ning ikkita qizil olishi rejamizda yo‘q edi, ertangi o‘yinga esa tayyormiz"
Ertaga, 11 aprel kuni Qarshining "Nasaf" jamoasi OCHL 2-turi doirasidagi o‘yinini o‘tkazadi. "Ajdarlar"ning bu galgi raqibi Iordaniyaning "Al Vihdat" jamoasi bo‘ladi. Bugun ana shu uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirning birinchi qismida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda yarim himoyachi Akmal Mozgovoy ishtirok etdi.
Ro‘ziqul Berdiyev: - Chempionlar ligasida top-jamoalarga qarshi oltita og‘ir o‘yin o‘tkazishga keldik. "Al Vihdat"ga qarshi bahs ham shular jumlasiga kiradi. Dastlabki o‘yin orqali shunga amin bo‘ldik-ki, bu yerda daraja yuqori, sifatli futbol o‘ynaydigan jamoalar ko‘p. Albatta, bu o‘yin qanchalik og‘ir bo‘lishini bilib turibmiz. Yigitlarimiz o‘yinga tayyor.
Akmal Mozgovoy: - O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Raqiblar ham yaxshi jamoa deb ayta olaman. Ertangi bahsga faqatgina g‘alaba uchun maydonga chiqamiz.
- O‘tgan o‘yinda ko‘rdikki, "Al Vihdat"ning muxlislari ko‘pchilikni tashkil qilar ekan. Bu o‘yinga ta’sir qiladimi?
Ro‘ziqul Berdiyev: - Bu ajoyib. "Al Vihdat" muxlislari 1600 kilometrdan kelib, qo‘llab turishini kutmagandim. Bu orqali muxlislar va jamoa o‘rtasidagi munosabat yaxshi ekanligi ko‘rinib turibdi. Biz bunday bosimda o‘ynashga tayyormiz. O‘zbekistonda ham uy o‘yinlarimizga ko‘p muxlislar keladi. Chempionat boshlanganda 1-turda 20 ming muxlis qarshisida o‘ynadik. O‘ylaymanki, jamoa bunday bosimga tayyor turadi. Futbolchilarimda tajriba yetarlicha.
- "Al Sadd"ga qarshi o‘yinda 9 kishilik raqibni yutish uchun jamoaga nima yetishmadi deb o‘ylaysiz?
Ro‘ziqul Berdiyev: - "Al Sadd"ga qarshi o‘yin xulosalarini gaplashib oldik. Xato va kamchiliklarni tushuntirdik. Hech bir jamoa o‘yindan oldin 9 kishi bo‘lib qolishini kutmaydi. Ular ikki kishi kam bo‘lib o‘ynashi rejamizda yo‘q edi. Asosiy xatolarimizdan biri yigitlarning o‘sha vaziyatga ruhan tayyor bo‘lmagani bo‘lib chiqdi. Hujumda, hujumni yakunlashda bizda keskinlik va sovuqqonlik yetishmadi. Ko‘p yigitlarimiz bu turnirda ilk marta qatnashmoqda. Barcha futbolchiga bu o‘yinlar maktab, dars bo‘lmoqda. Shu sababli futbolchilarimiz o‘zlariga xulosa chiqarib, qilgan xatolarini o‘rganmoqda.
- Bunday turnirlarda doimo birinchi o‘yin qiyin o‘tadi. Endi "Nasaf"ga o‘zi istagan o‘yinni ko‘rsatish vaqti kelmadimikin?
Ro‘ziqul Berdiyev: - Yigitlarga raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerakligini uqtiramiz. Ammo kechagi o‘yin orqali biz nafaqat o‘zimiz, balki, raqiblarning ham o‘yinlariga e’tibor berish kerakligini bilib oldik. Bu yerga oltita o‘yin uchun keldik. Keyingi o‘yinlar ham yengil bo‘lmaydi. Shu sababli har bir bahsga jiddiy tayyorlanish kerak. "Al Sadd" 9 kishi bo‘lib qolganida ham ungacha bo‘lgan paytda raqiblardan kam o‘yin ko‘rsatganimiz yo‘q. Ikkinchi qizil kutilmagan holat bo‘ldi. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham jamoa istalgan raqib bilan o‘yinga tayyor bo‘lishi kerak. Bu turnirdagi har bir o‘yin og‘ir o‘tadi, har bir davlatning eng kuchli jamoalari keladi. Shu sababli har bir uchrashuvda maksimal kuch bilan ishlashimiz kerak. O‘shanda kutilgan ijobiy natijani qo‘lga kiritishimiz mumkin.
- "Al Sadd"ga qarshi o‘yindan keyin boshqa jamoaning o‘yinlarini solishtirib ko‘rdingizmi? Jamoaning texnik imkoniyatlari qanday?
Ro‘ziqul Berdiyev: - Raqiblarning o‘yinlarini ko‘rdik. To‘rttala jamoaning darajasi bir xil ekan. Boshida barcha "Al Sadd"ni favorit sifatida ko‘rgandi. Ammo 1-tur o‘yinlari orqali aytishim mumkinki, barcha jamoalarda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlar yetarlicha. Texnika va tajribani inobatga oladigan bo‘lsak, "Al Sadd"da ustunlik bor. Qizig‘i, biz "Al Faysali"ga yordam berib qo‘ydik. "Al Sadd"ning ikki muhim futbolchisi o‘yinda ishtirok etmaydi. Bu ushbu klubga ham yoqqan bo‘lsa kerak. Jamoalarning darajasi bir xil, deb bemalol ayta olaman.
- O‘yinning 20:15da boshlanadi. Bu juda vaqtli. Nima deb o‘ylaysiz, iftorlik qilgandan keyin futbolchilarning qizib olishlari uchun vaqt yetarli bo‘larmikin?
Akmal Mozgovoy: - O‘tgan o‘yinda vaqt yetarli bo‘ldi. Barcha futbolchilar o‘zini yaxshi his qildi. Menimcha vaqt yetarlicha. Ikki soat yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda