"Paxtakor" OCHL guruh bosqichi 2-turida Saudiya Arabistonining "Al Taavon" jamoasini mag‘lub qildi (1:0). Uchrashuvdan keyin "sherlar" ustozi Slavche Voyneski o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bugun qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. Mezbonlarni o‘z maydonida mag‘lub etish juda yoqimli. Bellashuvga jiddiy tayyorlandik. Yigitlarga yaxshi futbol uchun rahmat aytaman. Tavamba va 77-raqamli futbolchining juda xavfli ekanini bilardik. Himoyachilar ularga qarshi ajoyib o‘ynashdi. Keskin kechadigan bahs taqdirini qisqa hududda tez harakatlanadigan tezkor futbolchilar hal qilishini sezgandik. Shunday bo‘ldi ham. Aliboyev va Erkinov o‘yin sur’atini o‘zgartirib yuborishdi. G‘alabadan juda xursandmiz.
O‘yinimizda sir yo‘q. Shunchaki, sharoitlarga yaxshiroq moslashdik va jiddiy hozirlik qildik.
Chap qanotimizni asosiy hujum uyushtiradigan joyimiz deb bilmayman. Har ikki qanotdan va markazdan hujumlar tashkil qilishga urinamiz. Bugun golni chap qanotdan urib ketdik.
G‘alaba goli muallifi Hojimat Erkinov esa shunday dedi: "Dastlabki mag‘lubiyatdan keyin bu safar yutishimiz kerak edi. Jamoa bilan bahsga yaxshi tayyorgarlik qildik va g‘alaba qozonishga erishdik. Juda muhim yutuqni qo‘lga kiritdik. Uch ochkoga ega chiqqanimizdan xursandmiz". “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi