Prezidentning sportga oid yangi qarori e’lon qilindi

«Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–201-son, 11.04.2022 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Xususan, oilaviy sport rag‘batlantiriladi, ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.
2022 yildan har yili 30 iyun – O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabrda o‘tkaziladigan «Yoshlar forumi» doirasida futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari bo‘yicha 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi.
1-bosqichda – ko‘chalararo mahalla musobaqalari;
2-bosqichda – mahallalararo sektor musobaqalari;
3-bosqichda – sektor musobaqalarida g‘olib bo‘lgan mahalla jamoalari o‘rtasida tuman (shahar) musobaqalari;
4-bosqichda – tuman (shahar) musobaqalari g‘olib mahalla jamoalari o‘rtasida viloyat musobaqalari;
5-bosqichda – viloyat musobaqalarida g‘olib bo‘lgan mahalla jamoalari o‘rtasida respublika (final) musobaqalari.
Ushbu musobaqalar 5 bosqichli «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida o‘tkaziladi.
2023 yil 1 martdan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha 3 bosqichli umumrespublika sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Yuqoridagi musobaqalar g‘oliblarini tayyorlagan maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va sport-ta’lim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi va ularga quyidagi malaka toifalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi:
- tuman (shahar) bosqichi musobaqalarida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – ikkinchi malaka toifasi;
- viloyat bosqichi musobaqalarida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – birinchi malaka toifasi;
- respublika (final) bosqichida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – oliy malaka toifasi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qaror bilan ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Xususan, oilaviy sport rag‘batlantiriladi, ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.

Izohlar 0
…