Ilk bor O‘zbekiston chempionatiga braziliyalik futzalchi keldi

Ilk bor O‘zbekiston chempionatiga braziliyalik futzalchi keldi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida ancha shov-shuvli transfer amalga oshirildi.

Gap shundaki, Jizzaxning BMB jamoasi o‘z tarkibiga braziliyalik futzalchini qo‘shib oldi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fernando Rodrigez de Souzaning so‘nggi klubi Chexiyaning "Rapid Usti Nad Labem" jamoasi bo‘lgandi. U 1998 yilning 9 mart sanasida Braziliyaning Sorokaba shahrida tavallud topgan.
Ilk bor O‘zbekiston chempionatiga braziliyalik futzalchi keldi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar