07:00 / 13.04.2022
879

Predrag Rogan: "Superligada jon saqlab qolish uchun emas, yuqori o‘rinlar uchun kurashamiz"

Predrag Rogan: "Superligada jon saqlab qolish uchun emas, yuqori o‘rinlar uchun kurashamiz"
O‘zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichi, 2-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Dinamo” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida samarqandliklar ustozi Predrag Rogan qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Quyida serbiyalik mutaxassisning o‘yin haqidagi fikrlari bilan tanishasiz.

- Avvalo bugungi g‘alaba bilan “Navbahor”ni tabriklayman. Mezbonlar haqiqatanam ajoyib o‘yin namoyish etishdi va haqli tarzda zafar quchishdi.

Biz esa garchi raqibga munosib qarshilik ko‘rsatishga intilgan bo‘lsak-da, buning uddasidan chiqa olmadik hamda mag‘lubiyatga uchradik. Ammo ushbu bahsda jamoamiz tarkibidan ko‘plab yosh futbolchilar o‘rin olishgani va ularga biroz tajriba yetishmaganligini ham ta’kidlash joiz.

Uchrashuvning 1-bo‘limi “Navbahor” ustunligida o‘tdi. O‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborganimizdan keyingina yigitlar yaxshi o‘ynashga intilishdi. Ta’kidlaganimdek, tarkibimizdan ko‘plab yosh futbolchilar o‘rin olishgan. Ular orasida hattoki, 2000 va undan yuqori yillarda tug‘ilgan futbolchilar ham bor. Ularga esa biroz tajriba kerak. Ammo maydonda, menimcha, yoshning farqi bo‘lmasligi kerak.

Joriy mavsum arafasida Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib bordik va mazkur yig‘in doirasida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazdik, ularning ayrimlarida ijobiy natijalarni qayd etdik. Biroq o‘rtoqlik o‘yinlari bilan Superliga bahslari o‘rtasida katta farq bor. Futbolchilar maydonda qo‘rqmay, to‘p tepishlari kerak. Shogirdlarim oldingi, ya’ni, “Paxtakor”, “So‘g‘diyona” va “Qizilqum” jamoalariga qarshi kechgan o‘yinlarda raqibga munosib qarshilik ko‘rsata olishdi. Lekin natija shunga yarasha bo‘lmadi. Shuningdek, yigitlar bugun ham raqibga qarshilik ko‘rsatishga intilishdi. Ammo “Navbahor” ham kuchli va yaxshi jamoa.

Joriy mavsumda Superligada “jon saqlab” qolish uchun emas, balki, yuqoriroq o‘rinlarni egallash uchun kurash olib boramiz. Tarkibimizdan 20 nafar yangi futbolchi o‘rin olgan va jamoamiz yuz foiz yangilangan desak bo‘laveradi. Futbolchilar maydonda o‘zaro bir-birlarini tushunishlari, sifatli o‘yin namoyish etishlari uchun hali ko‘p mehnat qilishimiz zarur.

Bugungi bahsda asosiy tarkibning 5-6 nafar futbolchisi ayrim sabablarga ko‘ra, maydonga tushishmadi. Ular orasida Abdujamol Isroilov ham bor va uning diskvalikafiyasi tezroq yakunlanib, safimizga qaytishini kutyapmiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Predrag Rogan: "Superligada jon saqlab qolish uchun emas, yuqori o‘rinlar uchun kurashamiz"