Xabaringiz bor, kecha YECHL chorak finalidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Manchester Siti" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 0:0 hisobi qayd etildi. Ilk bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan "shaharliklar" keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Taniqli jurnalist Davron Fayziyev ushbu uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Taymlar ikki xil bo‘lgani kabi, o‘yin kunlari ham farq qiladi. Bir kun avvalgi shoulardan so‘ng bu safar futbolning boshqacharoq ko‘rinishiga guvoh bo‘ldik. "Manchester Siti" juda katta qiyinchilik bilan yarim finalga chiqdi. Atletiko o‘z uyida botqoq yuzaga keltirdi. 1-taymda himoyalandi, uddaladi. 2-bo‘limda hujumga o‘tdi, yaqin keldi, urolmadi, natijada sindirishni boshladi.
Qizil, janjal, sariqlar… odatdagidek. "Siti" Simeonening qopqonlaridan katta talofatlar bilan bo‘lsa ham omon chiqdi. 0:0, o‘sha o‘tgan safargi bitta gol hammasini hal qildi. Yarim finalda "Siti" yana Madrid bilan o‘ynaydi. Boshqacharog‘i, hujumga moyilrog‘i. "Real", - deya yozib qoldirdi Davron Fayziyev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
AQSH dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi