04:55 / 15.04.2022
1 003

"Barsa"ni Yevropa Ligasidan ham "quruq" qoldirishdi

"Barsa"ni Yevropa Ligasidan ham "quruq" qoldirishdi
Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/4 final bosqichi javob o‘yinlari 14 aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Barselona» o‘z maydonida «Ayntraxt» bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 4-daqiqasida Filip Kostich penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 36-daqiqada Rafael Borre mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 67-daqiqada Filip Kostich gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda Serxio Buskets hisobni qisqartirdi. Uchrashuv so‘nggida Memfis Depay penaltidan gol urdi. Ammo ushbu gol kataloniyaliklarga keyingi bosqich uchun yetarli bo‘lmadi.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Ayntraxt» 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahs 1:1 hisobida yakunlangan edi.

Yevropa Ligasi
1/4 final o‘yinlari, javob bahslari
14 aprel, payshanba

«Barselona» – «Ayntraxt» 2:3
Gollar
: 0:1 – 4 Kostich (penalti), 0:2 – 36 Borre, 0:3 – 67 Kostich, 1:3 — 90+1 Buskets, 2:3 — 90+11 Depay (penalti).
«Barselona»: ter Stegen, Mingesa (Dest, 62), Arauxo, Erik Garsiya (de Yong, 70), Alba, Buskets, Pedri (de Yong, 46), Gavi, Obameyang (Traore, 61), Dembele, Ferran Torres (Depay, 80).
«Ayntraxt»: Trapp, Hinteregger, Ture (Hasebe. 90+9), Ndika, Knauff (Chandler, 90+9), Kostich, Rode (Hrustich, 80), Kamada, Yakich, Lindstrem (Heuge, 80), Borre (Ache, 90).
Ogohlantirishlar: Erik Garsiya (3), Yakich (24), Gavi (28), Hrustich (83), Dembele (90+4), Ndika (90+5), Knauff (90+6).
Chetlatish: Ndika (90+11).
Dastlabki o‘yin — 1:1

«Lion» – «Vest Hem» 0:3
Gollar:
0:1 – 38 Douson, 0:2 – 44 Rays, 0:3 – 48 Bouen.
Dastlabki o‘yin — 1:1

«Atalanta» – «Leypsig» 0:2
Gollar:
0:1 – 18 Nkunku, 0:2 – 87 Nkunku (penalti).
Dastlabki o‘yin — 1:1

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barsa"ni Yevropa Ligasidan ham "quruq" qoldirishdi