1 582
"RB Leypsig" va Bundesliganing ikki klubi Shomurodovga qiziqmoqda. Xo‘sh, Eldor qay biriga o‘tadi?
Yaqinda internet tarmog‘ida Eldor Shomurodovga nemis klublari qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar tarqadi. Da’vogarlar orasida — "RB Leypsig", "Xoffenxaym" va "Frayburg" bor.
Rossiyalik jurnalist Nikolay Yegorichev Shomurodovning A Seriyadan Bundesligaga o‘tishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib chiqdi.
"RB Leypsig"
Yaxshi variant, ammo amalga oshish ehtimoli juda past. Asosiy muammo — "buqalar" konseptsiyasida. Ya’ni klub kamdan-kam hollarda 24-25 yoshdan katta o‘yinchilar bilan shartnoma imzolaydi, Eldor esa ikki oydan keyin 27 yoshni qarshi oladi.
"RB Leypsig" oxirgi mavsumlarda xarid qilgan o‘yinchilarining o‘rtacha yoshi:
Hattoki, Shomurodov "RB Leypsig"ga o‘tdi deb tasavvur qilsak ham, u hujumchilar ro‘yxatida yo uchinchi yoki to‘rtinchi o‘rinda bo‘ladi. Ayni damda "buqalar" tarkibida Andre Silva va Yussuf Poulsen bor. Shuningdek, hujum markazida Kristofer Nkunku harakat qilishi mumkin. Mavsum tugashi bilan esa Aleksandr Sorlot ham ijaradan qaytib kelish ehtimoli mavjud.
Agar yuqorida sanab o‘tilgan futbolchilardan birortasi jamoadan ketsa, Shomurodov "RB Leypsig"ga o‘tishi mumkin. Biroq shu holatda ham Eldor baribir zaxira o‘yinchisi bo‘ladi.
"Xoffenxaym"
"Xoffenxaym"da ham shunga o‘xshash vaziyat. Ayni damda "ko‘k-oqlar" safida to‘rtta forvard to‘p tepadi: Munas Dabbur, Jorjino Rutter, Ila Bebu va Andrey Kramarich.
Shomurodovning "Xoffenxaym"dagi asosiy raqobatchilari Rutter va Kramarich bo‘lishi mumkin. Xorvatiyalik yozda 31 yoshga to‘ladi, ammo hali yaxshi formada — bu mavsum 30 o‘yinda 6ta gol urib, 9ta golli uzatma berdi. Rutter esa endigina faoliyatini boshlamoqda. 19 yoshli fransuz joriy mavsum 6ta gol urdi va 5ta assist qayd etdi. To‘g‘ri, bu jamoadagi futbolchilar "RB Leypsig"dagi kabi mashhur emas, lekin jiddiy raqib bo‘la olishadi.
Jamoa ikki forvard sxemasi bo‘yicha o‘ynashi "Xoffenxaym" varianti foydasiga xizmat qiladi. Shomurodov kuchli hujumchi bilan juftlikda o‘zini qulay his qiladi va yordamchi forvard rolida yaxshiroq harakat qiladi. "Roma" Eldorni Temmi Abraxam bilan birga o‘ynatib ko‘rishga harakat qilgandi, lekin Mourino bu unchalik ham yaxshi natija bermadi deb hisobladi.
"Frayburg"
Yana ham qiziqroq variant. Agar Shomurodov "Frayburg" klubiga ko‘chib o‘tsa, asosiy tarkib a’zosiga aylanishi osonroq. Bunga bir nechta sabab bor:
1) Sxema. Mavsumning kattagina qismini "Frayburg" 4-4-2 taktik sxemasida o‘tkazmoqda. Eldor unda o‘zini yaxshiroq his qiladi;
2) Klub statusi. "Frayburg" — top-klub emas, ammo mana uchinchi mavsumdirki, yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Misol uchun, o‘tgan mavsum jamoaga UYEFA Konferensiyalar Ligasiga chiqish uchun bor yo‘g‘i 5 ochko yetmadi. Hozir jamoa beshinchi pog‘onani band etib turibdi, bunday natija bilan Yevropa Ligasiga yo‘l olish mumkin. Nazarimizda, hozir psixologik jihatdan Eldor o‘zini "Frayburg" singari klubda qulayroq his etadi;
3) Raqobat. Bugungi kunda "Frayburg" tarkibida besh nafar markaziy hujumchi bor, lekin ularning hammasi ham Shomurodov uchun bosh og‘riq bo‘la olmaydi. Asosiy tarkib uchun Eldorning chinakam raqobatchilari bu — Lukas Xyoler va Ermedin Demirovich. O‘tgan mavsum 15ta samarali harakat qayd etgan bosniyalik (10ta gol va 5ta assist), bu mavsum u qadar sermahsullik ko‘rsatmayapti (2+3).
Bu uch variantdan aynan "Frayburg" Shomurodov uchun nisbatan optimal tanlov bo‘ladi. Biroq shu o‘rinda chempionat o‘zgarishi omilini ham esdan chiqarmaslik zarur: A Seriya va Bundesliga o‘rtasida katta farq bor. Nemis futboli ko‘proq kuch va intensivlik talab qiladi. Shu sababli Shomurodovning Germaniyaning istalgan klubiga o‘tishi ma’lum darajada tavakkalchilikni talab qiladi. Hozirgi vaziyatda Eldor uchun baribir Italiya varianti ustunroqdek. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"