20:56 / 15.04.2022
866

Mourinyu: "Birinchi o‘yinda "Bude-Glimt"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lganimizga qaramasdan, kuchliroq ekanligimizni bilardim"

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Konferensiyalar Ligasi 1/4 finali javob uchrashuvida "Bude-Glimt" ustidan qozonilgan g‘alaba (4:0) haqida fikr bildirdi.
Mourinyu: "Birinchi o‘yinda "Bude-Glimt"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lganimizga qaramasdan, kuchliroq ekanligimizni bilardim"
"Asosiysi, yarim finalga chiqanimiz. Birinchi daqiqalardanoq yuqori bosim o‘tkazdik, shiddatli va himoyada ishonchli o‘ynadik. 2:0 bo‘lib turgan paytda o‘yinda g‘alaba qozonishimizni his qildik.

Birinchi o‘yinda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lganimizga qaramasdan, kuchliroq ekanligimizni bilardim. To‘g‘risini aytsam, ushbu raqibni to‘rtta o‘yinda faqat bir marta mag‘lub etganimizni qabul qilib bo‘lmaydi. Ammo bu g‘alaba hammasidan muhim edi. 1:2 hisobi 5:2 ga aylandi. Sifatli o‘ynash – bu yaxshi. G‘alabaga erishish– ajoyib.

Sifatli o‘yindagi mag‘lubiyat faqat jamoaning o‘ziga xosligi haqidagi o‘ylar bilan o‘zini yupatadiganlarni xursand qilishi mumkin. Ammo ular hech narsa yutmaydilar.

Ishonamanki, "Roma" odamlar o‘ylagandan ham yaxshiroq o‘ynaydi. Biz uzoq vaqt davomida yutqazmadik, buni iroda kuchiga bog‘lash juda oson. Gap shundaki, bizda uyushgan jamoa bor va biz bundan-da yaxshiroq o‘ynay olamiz.

Tanaffusda futbolchilarga gap raqibni kamsitish, Norvegiyadagidek 6:1 hisobida g‘alaba qozonish emas, yarim finalga chiqish ekanligini aytdim. Jamoa esa bunga loyiq edi
", – dedi portugaliyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinyu: "Birinchi o‘yinda "Bude-Glimt"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lganimizga qaramasdan, kuchliroq ekanligimizni bilardim"