15:43 / 16.04.2022
1 094

Diyor Imomxo‘jayev: "Maydonda "Real" o‘ynaydimi, "Siti"mi yoki "Surxon" — ahamiyati yo‘q!"

Diyor Imomxo‘jayev: "Maydonda "Real" o‘ynaydimi, "Siti"mi yoki "Surxon" — ahamiyati yo‘q!"
Kecha O‘zbekiston Kubogi 2-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan "Bunyodkor" - "Surxon" o‘yini haqida fikr bildirdi:

"O‘zbekiston Kubogi 2-turining eng yaxshi va jonli o‘yini kecha Toshkentda bo‘ldi. "Bunyodkor" mehmoni bo‘lgan "Surxon" tajribali raqibga nafaqat ochiq futbol taklif qildi, balki raqibidan yaxshiroq o‘ynadi ham. "Surxon" g‘alabaga haqli edi.

Bu yerda bizni qoyil qoldirayotgan jihat — murabbiy Anhel Lopes. Chunki unda mavsumga tayyorgarlik ko‘rish va futbolchilarni saralash uchun hatto bir hafta ham imkoniyat bo‘lmadi. Shundan kelib chiqilsa, u deyarli yo‘qdan bor qilyapti, deyish mumkin. Qisqa fursat ichida jamoa o‘yiniga buncha yaxshi ta’sir ko‘rsatish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.

Kechagi uchrashuvda hisobga olinmagan gol masalasida o‘zimiz ham saharlikkacha bahslashdik. Albatta, biz hakam emasmiz, uning qarorini muhokama ham qilmaymiz. Biroq har qanday holatga xuddiki muxlislar kabi o‘z fikrimizni bildiramiz, talashamiz, tortishamiz.

Fikrimcha, hakam o‘sha epizodni inobatga olmasa, o‘yinni juda yaxshi boshqardi. Unda holatga qayta murojaat etish uchun VAR ham yo‘q edi. Hakam to‘g‘ri qildimi yoki yo‘q — muhokama tugamaydi. Bunday muhokamalar butun dunyoda bor. Maydonda "Real" o‘ynaydimi, "Siti"mi yoki "Surxon" — ahamiyati yo‘q. Bahs va munozara futbolning bir qismi.

Biz "Surxon" muxlislaridan sabrli bo‘lishlarini so‘raymiz. Chunki Anhelda yozda jamoani bir qadar kuchaytirish uchun imkoniyat bo‘ladi. Jamoa to‘g‘ri yo‘nalishga tushishga harakat qilyapti va mana shu harakatlarni bosqichma-bosqich kuzatishning o‘zi futbolni yanada jonli qiladi".

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev: "Maydonda "Real" o‘ynaydimi, "Siti"mi yoki "Surxon" — ahamiyati yo‘q!"