
Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) faoliyat olib borayotgan rossiyalik Rajab Butayev WBA Regular kamari himoya jangida litvalik Eymantas Stanionisga qarshi ringga ko‘tarildi.
To‘liq 12 raund davom etgan bahsda Stanionis ochkolar (113-114, 117-110, 116-111) hisobida g‘alaba qozongan holda ushbu kamarning yangi egasiga aylandi. G‘alabadan so‘ng, Stanionisning rekordi 14-0 (9 nokaut) ko‘rinish olgan bo‘lsa, Butayevniki 14-1 (11 nokaut)ga o‘zgardi.
Eslatib o‘tamiz, Rajab Butayev hamyurtlarimiz bilan birgalikda Joel Diaz qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boradi. Stanionis ham biz uchun begona emas. U Rio olimpiadasida Shahram G‘iyosovga imkoniyatni boy bergan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar