
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 4-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 18 aprel, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.
C guruhida «Shabob al-Ahli» Qatarning «Al-G‘arafa» jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda amirliklar klubi 8:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik yarim himoyachi Azizjon G‘aniyev o‘yinda dublga erishdi: ikki marta jarima zarbasini muvaffaqiyatli ijro etdi va jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda «Fulad» Turkmanistonning «Ahal»ini minimal hisobda taslim etdi.
4-turdan keyin «Fulad» 8 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. «Shabob al-Ahli» hisobida 6 ochko mavjud. «Al-G‘arafa» (5) va «Ahal» (1) keyingi pog‘onalardan joy olgan.
«Shabob al-Ahli» BAA — «Al-G‘arafa» Qatar 8:2
Gollar: 1:0 – 14 Tomas Olsen, 1:1 – 17 Ahmal Alaa, 2:1 – 40 Olsen, 3:1 – 42 Abdalla Suhayl, 4:1 – 50 G‘aniyev, 5:1 – 51 Karbatia, 5:2 – 59, penalti Sofian Hanni, 6:2 – 66 Muhammad Juma, 7:2 – 79 Abdulaziz Sanqur, 8:2 – 83 G‘aniyev.
«Ahal» Turkmaniston — «Fulad» Eron 0:1
Gol: 0:1 – 39 Ayanda Patosi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar