
VAR texnologiyasi provayderi Rossiya futbol ittifoqi bilan hamkorlikni tugatishi mumkin. Sport-Express xabariga ko‘ra, Hawk-Eye Innovations Ltd kompaniyasining Rossiyani tark etishi ehtimoli yuqori. Bunday holda, RFI yangi provayder izlashga majbur bo‘ladi yoki Rossiya futbolida VAR to‘xtatiladi.
Hawk-Eye Innovations Ltd – Yaponiyaning Sony brendi tomonidan asos solingan Britaniya kompaniyasi. U Yevropaning yirik ligalari, FIFA va UYEFA bilan ishlaydi va barcha yirik xalqaro musobaqalarga xizmat qiladi.
Agar provayder Rossiyani tark etsa, uskuna olib tashlanadi va VAR markazidagi videoassistent hakamlarga yordam beradigan videotakrorlar operatorlarining ishi to‘xtaydi.
Hawk-Eye Innovations Ltd dan tashqari yana to‘rt kompaniya FIFA tomonidan sertifikatlangan. Ular Belgiya, Gonkong va AQSH kompaniyalaridir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar