808
Voyneski: "Har bir futbolchi bu bahs yutish zarur bo‘lgan uchrashuv ekanini tushunib turibdi"
Xabaringiz bor, ertaga "Paxtakor" OCHL guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan bahsda "Sepaxon"ga qarshi maydonga tushadi. Bugun o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Slavche Voyneski va hujumchi Oliver Sharkich ishtirok etdi.
"Barcha jamoalar uchun qiyin o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Birinchi bahs hujumkor va qiziqarli kechgandi. Raqibimiz kuchli, biz ertaga faqat yutuq uchun maydonga chiqamiz.
Xatolarimizni bilamiz. Ular ustida ishlashga intilyapmiz. Har bir o‘yin boshqa ssenariyda kechdi. Ertaga qanday o‘ynashimizni bellashuvda ko‘rib olamiz.
Cheran jarohat tufayli safdan chiqqan. Uning safga qaytishi uchun barcha harakat qilinmoqda. Har bir futbolchi bu bahs yutish zarur bo‘lgan uchrashuv ekanini tushunib turibdi. Har bir o‘yinchi bunga tayyor", - dedi murabbiy.
Oliver Sharkich: - Biz yutishimiz shart bo‘lgan o‘yin. Kichik imkoniyat saqlanib qolgan. Undan foydalanishga urinishimiz kerak. Hech qanday bahonalar ketmaydi. O‘zimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonish va imkoniyatni saqlab qolishga harakat qilamiz.
Ko‘p vaziyat yaratayotganimiz hujum uyushtirishda to‘g‘ri o‘ynayotganimizni ko‘rsatadi, faqat ulardan foydalanishimiz lozim. Yaqqol imkoniyatlardan to‘p kirita olmadik. Ko‘proq diqqatni jamlagan holda o‘ynashimiz kerak. Bu borada ko‘rsatkichlarni yaxshilashimiz kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot