
"Roma"ning "Inter"ga qarshi o‘yini ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda. Milanliklar chempionlik uchun kurashyapti. Rimliklar esa "Yuventus"ni ta’qib qilyapti.
Lekin ushbu bahs oldidan "bo‘rilar" safida yo‘qotish bor. Joze Mourino ishongan futbolchi Nikolo Dzanolo bugungi bellashuvni o‘tkazib yuboradi. U qaydnomaga kiritilmagan. Bu esa Eldor Shomurodov uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin. Kamida kamida zaxiradan aniq maydonga tushishiga umid qilsa bo‘ladi. Oxirgi paytlarda Eldor deyarli ko‘rinmay qolayotgandi.
Shuningdek, "Inter"ga qarshi uchrashuvni "Roma" tarkibidagi Daniel Fuzato, Ebrima Darbo, Edoardo Bove, Davide Santon o‘tkazib yuboradi.
A Seriya 43-turidan o‘rin olgan ushbu qarama-qarshilik Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar