Zamonaviy futbol tobora biznesga aylanib borayotgani fakt, ammo ayrim vaziyatlarda istisno bo‘ladi. Aynan shunisi bilan bu sport turini millionlar o‘yini deyishadi. Bu qanday omil deysizmi?
Darhaqiqat, so‘nggi yillarda futbolning ko‘rinishi o‘zgarib bormoqda. Ayniqsa, moddiy baquvvat jamoalarning tarkibidagi ijrochilar tablodagi hisobga ta’sir ko‘rsatganda bu omil yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shunga qaramay, futbol o‘z jozibasini yo‘qotgani yo‘q. Bunga undagi puldan boshqa faktorlar ham rol ijro etishi asosiy sabab. Raqib qanchalar kuchli bo‘lmasin, maydonga chiqib kelayotgan jamoa o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini so‘ndirmasa, uni "sindirish"ning imkoni yo‘q. Ular safida kim to‘p surishi, futbolchilari qancha maosh olishi ham maydonda ikkinchi masala.
"Nasaf" ortda qolgan 90 daqiqa davomida bir soniya ham tanlagan yo‘llari xato ekanligi haqida o‘ylamadi. Oxirigacha raqibni xato qilishiga ishondi va bosimni davom ettirdi. Raqib qanchalar saviyali bo‘lmasin, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari o‘z ustozlarining salohiyatiga suyandi. Pressingni to‘xtatgani yo‘q. Barchasi Akmal Mozgovoyning Santi Kasorlaga qilgan "hamla"sidan boshlandi. Birda maosh olib, birda olmay, ichki birinchilikdagi turli muammolarda chiniqqan o‘zimizni qora ko‘z bosimni to‘xtatmadi. Aynan Kasorlaning xatosidan so‘ng raqib "sochilib" ketdi.
Mozgovoy gol kiritgach, "Al-Sadd" Qashqadaryodan kelgan oddiy yigitlar aslida yaxlit mushtga aylangan mexanizm ekanligini his qildi. Keyin ikkinchi va uchinchi gol tezlashib ketdi. Bu o‘z-o‘zidan bo‘lgandek ko‘rinishi mumkin, lekin ishoning, unday emas. "Ajdarlar" tinimsiz bosim evaziga raqibning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini "sindirib" tashladi. Aynan shu ishonch evaziga birinchi o‘yinda 2 kishi kam bo‘lib 1 ochko ishlagan "Al-Sadd" bu safar o‘zidan-da ruhan baquvvat klub oldida ojiz qoldi. Qatar yulduzlar ligasida hech kimga taslim bo‘lmagan Xavi Grasiya shogirdlari 3 goldan so‘ng qayerda yurganini ham bir necha soniyaga unutib qo‘ygani rost. Bu xolatni yaxshiroq tasvirlash uchun Afsonaviy bokschi - Muhammad Alining Jorj Formanga qarshi asir jangidan so‘ng aytgan bir so‘ziga e’tibor qarating:
"Men raqib ko‘zida qo‘rquvni ko‘rdim. Tinimsiz zarbalarim uni o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘q qilib borayotganini sezib turdim. Vaholanki, u mendan yoshroq, kuchliroq va chaqqonroq edi. Kanat oldida turar ekanmiz, uning ko‘zlaridan ko‘zimni uzmadim. Ha, o‘sha oqshom ruhiy xolatim raqibnikidan yaxshiroq bo‘lgani uchun g‘alaba qozondim. Sportning asl mohiyati ham shu aslida! Kim g‘alabani ko‘proq istasa, u o‘shaniki bo‘ladi!"
Boks futboldan qanchalar uzoq sport turi bo‘lmasin, Muhammad Alining aytgan so‘zlari bugungi "Nasaf"ning g‘alabasi sirini nimada ekanligini ochib bergandek. Kuchli legionerlar, millionlarga ishlaydigan xorijlik mutaxassis, yo‘lga qo‘yilgan o‘yin mexanizmi va Osiyodagi eng rivojlangan futbol mamlakatining tengsiz klubi bo‘lishiga qaramay "Al-Sadd" "Nasaf"ga qarshi hech narsa qila olmadi. "Ajdarlar" raqibning ustun tomonlarini maydonning tashqarisida qoldirgan holda, "jang" qilgani chiqib keldi. Yakunda, ko‘zidagi qo‘rquvni bildirmagan, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch orqali raqib yuragiga g‘ulg‘ula solgan "ajdarlar" raqibni chuqur nokautga uchratdi.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar