15:52 / 24.04.2022
1 627

Shomurodov Mxitaryanni “Roma”da olib qoladigan bo‘ldi!

Shomurodov Mxitaryanni “Roma”da olib qoladigan bo‘ldi!
A Seriyaning 34-turida Genrix Mxitaryan Eldor Shomurodovning uzatmasidan keyin “Inter” darvozasini ishg‘ol qildi. Bu goldan so‘ng armanistonlik pleymeyker kelasi mavsum ham Rimda qolishga qaror qildi.

Genrixning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Shu paytga qadar tomonlar o‘zaro muzokaralarda bir to‘xtamga kela olmayotgan edi. Mxitaryan jamoadan keyin maqsadida o‘tgan haftada Rimning boshqa klubi – “Latsio” mutasaddilari bilan muzokara boshlagani haqida xabarlar tarqatildi.

Endi 33 yoshli hujumkor futbolchining fikri o‘zgardi.

O‘z navbatida, “Roma” rahbariyati ham tajribali o‘yinchini olib qolish kerakligini tushinib turibdi. Buni rimliklar sport direktori Tyagu Pinto ham ta’kidladi.

- Mxitaryanning shartnomasini uzaytirish borasida hech qanday muammo yo‘q. Har ikki tomon o‘zaro hamkorlikni davom ettirish tarafdori, - dedi Tyagu Pinto.

Bosh murabbiy Joze Mourino ham maydonda bir necha pozitsiyalarda o‘ynay oladigan arman futbolchisini Rimda qolishini istayapti.

Mxitaryan 2019 yilning sentabridan yeberi “Roma”da to‘p tepmoqda. Shu kunga qadar 115 at uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 29 ta to‘p yozdirib qo‘ydi. Bu mavsumda esa 42 ta uchrashuvda beshta gol va to‘qqizta assist qayd etgan.

Mourino “Inter”ning zo‘rligini tan oldi

Milandagi uchrashuvda “Inter”ga yutqazgan Joze Mourino o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- “Inter” kuli futbolchilardan tarkib topgan A Seriyaning eng zo‘r jamoasi. Ularga qarshi o‘yinda ideal darajada o‘ynashimiz kerak edi. Biroq bunday bo‘lmadi. Manchini hisobni ochishi mumkin edi, zarbasi noaniq bo‘ldi. 10 soniyadan keyin ular gol urdi. Ikkinchi gol ham to‘pni yo‘qotganimizdan keyin kiritildi.

Biz kurashni davom ettirgani o‘zimida kuch topa oldik. Bizdan kuchli jamoaga qarshi yutqazganimiz uchun biror nima deya olmayman. Hakamga qiyin uchrashuv o‘tkazdi. Chunki “Inter” skudettoga harakat qilyapti, “Roma” esa uni yutish uchun kelgandi. Hakam tajribasizligi uchun har ikki jamoa unga yordam berdi.

Endi biz yaxshilab dam olib, payshanba kuni “Lester Siti”ga qarshi bo‘ladigan bellashuvga puxa tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak
, - dedi Joze Mourino.

Gol urish mening ishim emas!

“Roma” himoyachisi Janluka Manchini “Inter”ga qarshi bahsda hisobni ochishi mumkin edi. Biroq iste’dodli himoyachining zarbasi noaniq bo‘ldi va milanliklar qarshi hujumchida to‘p kiritishni uddaladi.

O‘yindan keyin Janluka Manchini bu bora o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Gol urish mening vazifamga kirmaydi. Men ko‘proq narsaga erishishim mumkin, chunki bunga salohiyatim yetadi. Zo‘r imkoniyat bo‘lgandi. Gol urganimda o‘yin o‘zgarardi. Shuning o‘zi ham bizni o‘sishga majbur qiladi.

Agar tashabbusni o‘zimizga ola bilganimizda gol o‘tkazmasdik. “Inter” ikkita qarshi hujum va bitta standartdan gol urdi. Odatda, ular juda ko‘p golli vaziyat yarata oladi.

Endi payshanba kuni “Lester Siti” bilan bo‘ladigan o‘yinga e’tibor qaratgan ma’qul. “Inter” chempionlik uchun kurashmoqda va anchadan beri Chempionlar ligasida qatnashyapti. Men “Rom” maydonda va undan tashqarida birlasha boshlaganini ko‘ryapman. Demak, bu chempionatni yuqori darajada tugatishga tayyormiz
, - dedi Janluka Manchini.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov Mxitaryanni “Roma”da olib qoladigan bo‘ldi!