16:08 / 24.04.2022
1 298

"Nasaf" 1-zarbda tizzasigacha, 2-zarbda beligacha, 3-zarbda bo‘ynigacha ko‘mib qo‘ydi!"

"Nasaf" 1-zarbda tizzasigacha, 2-zarbda beligacha, 3-zarbda bo‘ynigacha ko‘mib qo‘ydi!"
OCHL 5-turida "Nasaf" o‘z guruhidagi eng nomdor raqib "Al-Sadd"ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini ancha oshirib oldi. Diyor Imomxo‘jayev "ajdarlar"ning g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi:

- "Nasaf" yaralangan raqibni yengishga iymandi va uning o‘rnidan turishini kutdi. Raqib o‘ziga kelganida esa birinchi zarbda tizzasigacha, ikkinchi zarbda beligacha va uchinchi zarbda bo‘ynigacha ko‘mib qo‘ydi. Berdiyev jamoasining tarbiyasi shunaqa.

Guruh peshqadami bo‘lish "Nasaf"ning qo‘lida emas (balki "Al-Sadd" yordam berib yuborishi ham mumkin). Shunday bo‘lsa-da, eng yaxshi 2-o‘rinlar qatorida navbatdagi bosqichga yo‘l olish uchun 100 foizlik imkoniyat saqlanib turibdi. Yana birgina qadam qoldi
.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" 1-zarbda tizzasigacha, 2-zarbda beligacha, 3-zarbda bo‘ynigacha ko‘mib qo‘ydi!"