00:31 / 26.04.2022
1 335

"Paxtakor" bosh murabbiyi: Rahbariyatdan kechirim so‘raymiz!

"Paxtakor" bosh murabbiyi: Rahbariyatdan kechirim so‘raymiz!
"Paxtakor" 27 aprel kuni Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida Saudiya Arabistonining "Al-Ta’avun" klubiga qarshi bahs olib boradi. Bugun ushbu uchrashuvdan oldin matbuot anjumani tashkil etildi va unda "sherlar" ustozi Slavche Voyneski hamda yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev ishtirok etdi.

Voyneski:
- Ertaga oxirgi o‘yinimizni o‘tkazamiz. So‘nggi o‘yinda judayam omadsiz bo‘ldik. Vaziyatlardan foydalanmaslik oqibatida jazolandik. Futbolchilar bosimsiz erkin o‘ynashi mumkin. Mezbonlar esa keyingi bosqichga chiqishga urinishadi. Biz g‘alaba uchun harakat qilamiz. Tarkibda ba’zi o‘zgarishlar qilib, yoshlarga imkon berishimiz mumkin.

- Biz natijaga erishmaganimiz uchun butun jamoa bilan birga muxlislarimizdan, rahbariyatdan kechirim so‘raymiz. Aynan ijobiy natijalarni qo‘lga kirita olmaganimiz uchun ham g‘alaba maqsadida o‘ynash bizga ishtiyoq beradi.

Uch nafar futbolchi bizga yordam bera olmaydi. Biz qo‘ldan kelgancha yutuq uchun o‘ynaymiz. Futbolda doim kurashish zarur, maydonda borini berish lozim. Jamoa xarakteri shunda shakllanadi. Biz "Ta’avun"ga qarshi maydonda bor kuchimizni beramiz. Hozir eng yaxshi holatda bo‘lgan futbolchilar maydonga tushadi. Yosh futbolchilar o‘yin mobaynida imkoniyat oladi.

Fayzullayev:
- Ertaga so‘nggi o‘yin, afsuski, keyingi bosqichga chiqa olmadik. "Ta’avun" yaxshi jamoa, yuqori saviyali ijrochilarga ega. Bahs qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Biz jamoa bilan zafar quchishga intilamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" bosh murabbiyi: Rahbariyatdan kechirim so‘raymiz!