2016 yilda 16 yoshlilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilgandi. Shu musobaqaning 3-turida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Shimoliy Koreyaga qarshi o‘ynashgan va bu uchrashuv eng shubhali va kulgili gollarga boy bo‘lgan.
O‘zbekiston jamoasi darvozaboni Jasurbek Umurzoqov 49-daqiqada to‘pni o‘yinga kiritgan va shu koptok raqib darvozasiga borib, golga aylangan. KXDR darvozaboni Chan Pek Xo ancha oldinga chiqib ketgan va to‘pga yetib olishi mumkin bo‘lgan joyda yiqilib tushgan. Bundan tashqari, Xo yana 2 ta shunday kulgili gol o‘tkazib yuborgan.
Shundan so‘ng KXDR darvozaboni shubha ostiga olingan va jiddiy sanksiyalarga uchragan. O‘yindan bir necha hafta o‘tib, Osiyo futbol konfederatsiyasi xulosasiga ko‘ra, Xo golni ataylab o‘tkazib yuborgan. Darvozabonga 1000 dollar jarima va 12 oylik chetlatish jazosi qo‘llanilgan.
Shuningdek, KXDR bosh murabbiyi Yun Jong Su ham shunday jazoga tortilgan, Shimoliy Koreya futbol assotsiatsiyasi esa 20 ming dollarga tushgan va 19 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan chetlatilgan.
Hozir shu darvozabonlar qayerda, degan savol tug‘iladi. Xo bo‘yicha biror ma’lumot topilmadi. Umurzoqov esa o‘tgan yili «Andijon» klubidan ketgach, yarim yil ishsiz yurdi. 2022 yil yanvarda «Bunyodkor» jamoasi bilan shartnoma imzoladi, ammo 2016 yilgi Osiyo chempionati qahramoni hozircha zaxirada o‘tiribdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi