20:52 / 26.04.2022
951

Ro‘ziqul Berdiyev: "Yigitlar hech qanday bosim va hayajonsiz ertangi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishmoqda"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Yigitlar hech qanday bosim va hayajonsiz ertangi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishmoqda"
Osiyo chempionlar ligasi 6-turi doirasidagi "Al Vihdat" (Iordaniya) – "Nasaf" uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda markaziy himoyachi Husniddin Aliqulov ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Maqsadimizga erishishimizga oz qoldi. Hammasi o‘z qo‘limizda. Aqlni ishlatgan holda o‘ynab, bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Keyingi bosqichga chiqishni niyat qilgandik va bunga yaqinmiz. Yigitlar hech qanday bosim va hayajonsiz ertangi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

"Al Vihdat" – "Nasaf" singari ochiq futbol o‘ynaydigan jamoa. O‘xshash taraflarimiz bor. Hech birimizda yulduz futbolchi yo‘q. "Al Vihdat" va "Nasaf" kurashuvchan, harakatchan jamoalar sirasiga kirishadi. Qolaversa, ikki klubning jismoniy tayyorgarligi ham deyarli bir xil va yaxshi holatda.

Ertangi o‘yinda maksimal kuchimizni sarflashimiz lozim, chunki oson bo‘lmaydi. "Al Vihdat" yaxshi shakllangan jamoa ekanligini ko‘rdik. Ular bejiz Iordaniya chempionati yetakchilaridan biri emas ekan
", – dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

"Jamoamiz futbolchilarining kayfiyati a’lo darajada. Ertaga chiroyli o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga intilamiz", – dedi Husniddin Aliqulov.

Eslatib o‘tamiz, "Al Vihdat" – "Nasaf" bellashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 22:15 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Yigitlar hech qanday bosim va hayajonsiz ertangi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishmoqda"