21:34 / 26.04.2022
1 071

«Intihoga hali erta»: Man Siti – Real bahsiga prevyu

«Intihoga hali erta»: Man Siti – Real bahsiga prevyu
Bugun oqshomda «Manchester Siti» Chempionlar Ligasi 2021-2022 yil mavsumining ilk yarim final o‘yinida «Real Madrid»ga qarshi maydonga tushadi. «Blankos» YECHLning yaqqol ramziga aylangan bo‘lib, 13 marotaba ushbu sovrinni o‘ziniki qilgan, «shaharliklar»ning esa o‘tgan yilgi kumush medaldan tashqari birorta arzirli natijasi yo‘q.

Ikki grand jamoa o‘z chempionatlarida yetakchilik qilishmoqda. Madrid jamoasi deyarli chempionlikka erishgan ersa-da, «Manchester Siti» bir o‘yin ham diqqatini yo‘qota olmaydi. Bugungi kunda «Manchester Siti» Yevropa futbolining eng nomdor jamoalaridan biriga aylanib ulgurdi. «Real» o‘zaro bahsda imkoniyatlari past baholanayotgan bo‘lsa ham, manchesterliklarga bugun oson bo‘lmasligi tayin.

Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi bosh sovrinini ikki marotaba yutgan, ammo 2011 yildan beri YECHLda g‘olib chiqa olmayapti. «Real» ustozi Karlo Anchelotti ham 2014 yildagi g‘alabasidan so‘ng hali musobaqada g‘olib chiqmadi.

2017 yilda «Monako»ga tushunarsiz mag‘lubiyat, 2018 yilda «Liverpul»ga qarshi tartibsizlik, 2019 yilda Kevin De Bryuyne zaxirada qolib ketgan «Tottenxem»ga qarshi o‘yindagi ojizlik, 2020 yilda «Lion»ga qarshi o‘yinda Gvardiolaning noto‘g‘ri qarorlari va nihoyat o‘tgan mavsum finalidagi Tuxelning daholigi sabab «Man Siti» YECHL orzusi amalga oshmay kelayotir.

Madrid jamoasi esa Ronaldu klubni tark etgach hali finalgacha yaqin kela olmayapti. 2018-19 mavsumida «Ayaks»ga uyidagi sharmandali mag‘lubiyat, 2019-20 mavsumida «Man Siti»dan 1:2 va 2:1 hisobida yengilishi va o‘tgan yili «Chelsi»dan olingan saboq madridliklarning YECHLdagi so‘nggi zafarli yurishiga ham 3 yil bo‘lishini ta’minlamoqda.

Bugungi o‘yin keskin bahslar ostida o‘tishi tayin. Ko‘plab ekspertlar «Real» ko‘proq himoyada o‘ynashini, dominant jamoa «Man Siti» bo‘lishini taxmin qilishmoqda. Shaharliklar tarkibida bir qator yo‘qotishlar bor. Bular Kayl Uoker va Jon Stounz. Angliya jamoasi «Etihad»dagi to‘qnashuvda himoya bilan muammolarga duch kelishi mumkin. «Siti»ning asosiy himoyachisi Joau Kanselo ham maydonga tushmasligi aniq bo‘lib ulgurgan.

«Real Madrid»da ham potensial yo‘qotishlar bor. David Alaba «Osasuna»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limi tugagach almashtirildi. Shunga qaramasdan u «Real Madrid»ning Manchesterga safari uchun qaydnomasiga kiritildi. Ko‘plab nashrlarning yozishicha, bugungi o‘yinda Kazemero maydonga tushmaydi. Ferland Mendi esa maydonga qaytishi kutilmoqda. Eden Azar, Luka Yovich va Mariano Diaz o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Gvardiola jamoasi himoyada muammolarga duch kelayotgan bir vaqtda, Don Karloning Karim Benzemasi yanada xavf hosil qiladi. Fransiya terma jamoasi futbolchisi Chempionlar ligasining so‘nggi uchta o‘yinida yettita gol urdi. Benzema Madridning so‘nggi 11 o‘yinida 15 ta gol urgan, shu jumladan, «Sevilya»da 92-daqiqada g‘alaba golini kiritgan bo‘lsa, «Real»ning «Osasuna» ustidan qozongan so‘nggi g‘alabasida ikkita penaltini tepa olmadi.

Gvardiola shunday dedi: «Biz yaxshi himoyalanishimiz kerak. Ha, Benzema «Chelsi»ga qarshi o‘yinda ko‘p gol urdi. Lekin nafaqat «Chelsi»ga qarshi o‘yinda, balki hamma jamoaga qarshi ham u fantastik raqib. Biz buni bilamiz va uni to‘xtatishga harakat qilamiz».

Pepning «Siti»si bugungi «Real»dan yaxshiroq va barqarorroq, ammo Madrid jamoasi mavsum boshidan beri kam baholangan imkoniyatlarini real natijaga aylantirib kelmoqda.

Manchesterning asosiy yulduzi Kevin De Bryuyneda ham muammolar bor. Uoker va Stounzning maydonga tusha olmasligi Benzema va Vinisius Juniorni to‘xtatishni qiyinlashtiradi va jarohati bo‘lsa ham vaziyat uni maydonga tushirishni taqozo etsa kerak. Bundan tashqari Emerik Lyapordda ham charchoq borligi aytilgan.

Shunga qaramasdan, «Siti» hujumi ancha o‘ziga ishonch hosil qilgan. Masalan, Gabrial Jesus Uotford (5:1)ga qarshi bahsda 4 ta gol urishga erishdi. Bugungi bahsda ham u «Man Siti» safidagi eng xavfli futbolchi sifatida qabul qilinsa, ajabmas.

Taxminiy tarkiblar:


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Intihoga hali erta»: Man Siti – Real bahsiga prevyu