23:34 / 26.04.2022
1 309

Ulug‘bek Baqoyev: "Adolat bilan qaraganda o‘yin durangga mos tarzda o‘tdi"

Ulug‘bek Baqoyev: "Adolat bilan qaraganda o‘yin durangga mos tarzda o‘tdi"
Superliganing 5-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "So‘g‘diyona" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Navbahor"ning oldiga qo‘ygan maqsadi, tarkibdagi futbolchilarning nomlari barchaga ma’lum. Ular shunga yarasha har o‘yinda borlarini berishadi. Birinchi o‘rinda ikki jamoaga ham o‘yin uchun rahmat aytaman. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, gol urdik. Javob goli uzoq kuttirmadi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar ko‘proq hujum qilishi kutilgandi. Chunki uyda o‘ynamoqda. Rejamiz qarshi hujumda o‘ynash edi. Umuman olganda, ikki jamoada ham hech narsa o‘xshamadi. Balki durang bugungi o‘yin uchun adolatdan bo‘lardi. So‘nggi daqiqada futbolchimiz gol urib, g‘alaba keltirdi. "Navbahor"ga keyingi o‘yinlarda omad tilayman", – dedi Baqoyev.

- "So‘g‘diyona" yaqinda xalqaro maydonda ishtirok etadi. Jamoa natijaga asoslangan o‘yin tashkil qiladi. Bu haqida fikringiz qanday?
- Bugun maydonda kurash bo‘ldi. Murabbiyning vazifasi har bir o‘yinda natija ko‘rsatish. Jamoa natija uchun o‘ynaydi. Biz ikkinchi raqam ostida o‘ynadik. Chunki "Navbahor" kuchli jamoa. Top-futbolchilarga ega. Xalqaro maydonda Jizzax emas, butun O‘zbekiston nomidan qatnashamiz. Agarda "Navbahor" ham OCHL yoki OFK kubogiga chiqsa, biz ham muxlislik qilamiz. Bu yerda bitta jamoa emas, butun yurt sha’ni turibdi. O‘yin tugaydi. Do‘stona munosabatlar yo‘qolmasligi kerak. Futbolda natija bo‘lishi uchun borimizni beramiz.

- Oldimizga bosqichma-bosqich rivojlanishni maqsad qo‘yganmiz. Maksimal natija uchun harakat qilamiz. Mavsum yakunida samarasini ko‘ramiz. Agarda o‘yin durang bilan tugaganda bunga rozi bo‘lar edik. Chunki safarda o‘ynayapmiz. Mening shaxsiy fikrim shunday.

- Murabbiy sifatida "Navbahor"ning kuchsiz chiziqlari haqida nima deya olasiz?
- Teng va kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Kuchsiz chiziqlar haqida gapirmayman. O‘z vaqtida "Navbahor"da o‘ynaganman, faoliyatimni Namanganda yakunlaganman. Shu bois yomon fikr bildirmagan bo‘lardim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "Adolat bilan qaraganda o‘yin durangga mos tarzda o‘tdi"