23:37 / 26.04.2022
1 039

Samvel Babayan: "Hakamlik haqida gapirsak, gap tugamasligi mumkin"

Samvel Babayan: "Hakamlik haqida gapirsak, gap tugamasligi mumkin"
Superliganing 5-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "So‘g‘diyona" (1:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Samvel Babayan fikrlarini bildirib o‘tdi.

- O‘yin haqida
- O‘ylaymanki, o‘yin hech kimni befarq qoldirmadi. Jiddiy raqibga qarshi bahs olib bordik. Afsuski, mag‘lub bo‘ldik. Raqibga omad kulib boqdi. Ikkita vaziyat va ikkita gol. G‘alaba qozonish uchun ko‘p vaziyatlar yaratdik. Yigitlarga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytaman. Muxlislarni ranjitdik. Xatolarni to‘g‘rilab, vaziyatni o‘nglashga urinamiz. Boshqa bunday holatga tushmaslikka harakat qilamiz. Umuman olganda, bugun 3 ochko olishimiz kerak edi. Bu – futbol. Shunchaki omad kelmadi.

- Ahrol Risqullayev boshqargan o‘yinlarda ko‘pincha o‘ynashga qo‘yib bermaydi. Bu bo‘yicha qanday fikrdasiz?
- Hakamlik haqida gapirsak, gap tugamasligi mumkin. Hakamlar qo‘mitasi, o‘yin nazoratchisi bor. Raqib tomonidan vaqt cho‘zishlar ko‘p bo‘ldi, bu holatga hakam zudlik bilan aralashib, chora ko‘rishi kerak edi. Hakamlikni muhokama qilmoqchi emasman.

- "Navbahor"da zarba berish juda kam. Tepadigan o‘yinchi yo‘qmi yoki bu sizning topshirig‘ingizga bog‘liq holatmi?
- Zarbani har qanday nuqtadan har bir futbolchi yo‘llashi mumkin. Kubok o‘yinini eslasangiz kerak, Iskanderov uzoq masofadan darvozani ishg‘ol qilgandi. Hammasi vaziyatlarga bog‘liq. To‘g‘ri, bugun uzoq masofadan berilgan zarbalar kam bo‘ldi.

- "Navbahor" mag‘lub bo‘lganining asosiy sababi nimada?
- Asosiy sabab – diqqat-e’tiborni yo‘qotganimiz. Keyin fantastik tarzda urilgan ikkinchi golni alohida aytish joiz. O‘ylaymanki, 1000 ta shunaqa zarbadan faqat 1 tasi gol bo‘lgan bo‘lardi. Biz yaqqol vaziyatlardan foydalanishda oqsadik. Afsuski, rostakamiga omad kelmadi.

- Tarkibda rotatsiyaga qo‘l urish vaqti kelgandir...
- Taktik tayyorgarlik, raqib va futbolchilarimizning holatidan kelib chiqib ish tutamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Hakamlik haqida gapirsak, gap tugamasligi mumkin"