08:48 / 27.04.2022
2 497

"Nasaf" keyingi bosqichga o‘tsa, qancha pul ishlab topadi?

"Nasaf" keyingi bosqichga o‘tsa, qancha pul ishlab topadi?
Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" jamoasi bugun "Al-Vehdat"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Bugungi o‘yin oldidan qarshiliklar keyingi bosqich masalasini deyarli hal qilib ulgurdi.

Sababi, ular ayni vaqtda g‘arbiy mintaqada 2-o‘rinni egallab turgan jamoalar orasida uchlikda bormoqda. Bu pley-off uchun yetarli natija. So‘nggi bahsda ular Iordaniya klubiga yirik hisobda mag‘lub bo‘lmasa, nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

OFK guruh bosqichidagi har bir g‘alaba uchun klublarga 50 ming dollar, durang uchun esa 10 ming yevro miqdorda pul belgilagan. Bundan tashqari, keyingi bosqichga yo‘l olgan jamoalar 100 ming yevro miqdorda mukofot puliga ega chiqadi.

Agar qarshiliklar so‘nggi bellashuvda g‘alaba qozonsa, jami 270 ming yevro miqdorda pul ishlab topishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" keyingi bosqichga o‘tsa, qancha pul ishlab topadi?