22:30 / 18.05.2022
1 210

Sherzod Shermatov AQSH elchisi bilan uchrashdi

Sherzod Shermatov AQSH elchisi bilan uchrashdi
Foto: Mitc.uz
Bugun, 18 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov AQSHning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum bilan uchrashdi.

2022 yilning 14 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Shundan beri xorijiy yetakchi mutaxassislar, IT-kompaniyalar vakillari bilan muloqotlar yanada ko‘payadi.

AQSH elchisi bilan uchrashuvda yoshlarni yetakchi xorijiy kompaniyalarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish kasbiga, ya’ni autsorsing (BPO va KPO) xizmatlarini ko‘rsatishga o‘rgatish, keyinchalik ularni ish bilan ta’minlash maqsadida respublikaning barcha hududlarida masofaviy xizmatlar ko‘rsatish autsorsing (BPO va KPO) markazlari tashkil etilayotgani ta’kidlandi.

BPO yo‘nalishi bo‘yicha AQSHdagi dunyo miqyosidagi yetakchi kompaniyalar bilan muzokalar olib borilib, ular respublikamizga jalb qilinsa, har bir autsorsing markazida yiliga kamida 25 ta yangi ish o‘rni yaratish va hududdagi IT-xizmatlar eksportini oshirish mumkin.

Vazir va elchi muloqotida O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markazga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar, AQSHning yetakchi IT-kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonda IT-sohani rivojlantirish, «Raqamli O‘zbekiston–2030» strategiyasini amalga oshirish, xalqaro tajriba va ilg‘or tendensiyalarni hisobga olgan holda «Elektron hukumat» va raqamli sanoatni yanada rivojlantirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sherzod Shermatov AQSH elchisi bilan uchrashdi