10:17 / 22.06.2022
1 035

Rossiyada mamlakatni ommaviy tark etishi natijasida 170 ming IT mutaxassis yetishmayapti

Rossiyada mamlakatni ommaviy tark etishi natijasida 170 ming IT mutaxassis yetishmayapti
Foto: «TASS»
Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubov Rossiyaga 170 mingga yaqin IT-mutaxassis yetishmayotganini ma’lum qildi. Hukumat amaldorining so‘zlariga ko‘ra, kadrlar tanqisligi IT mutaxassislarning xorijga ommaviy migratsiyasi natijasida paydo bo‘lgan.

«Sanksiyalar rejimi munosabati bilan bizda IT mutaxassislarining bir qator mamlakatlarga chiqib ketishi kuzatildi. Ehtiyoj darajasi ekspertlar tomonidan 170 mingga yaqin deb baholandi, umuman olganda esa tarmoqda bir million kishi ish bilan ta’minlangan», — degan Zubov Federatsiya Kengashining ijtimoiy siyosat qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida.

Vazir o‘rinbosari o‘z nutqida, shuningdek, Federatsiya Kengashidan Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan xorijiy IT mutaxassislari va ularning oila a’zolariga Rossiyada yashash uchun ruxsat berishning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi qonunni qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyada mamlakatni ommaviy tark etishi natijasida 170 ming IT mutaxassis yetishmayapti