16:10 / 09.08.2022
1 428

O‘zbekistonda xorijiy kriptobirjalar bloklandi

O‘zbekistonda xorijiy kriptobirjalar bloklandi
Skrinshot: «Daryo»
O‘zbekistonda xorijiy kriptobirjalarga cheklov o‘rnatildi. Buni «Daryo» muxbirlari aniqladi.

Avgust oyi boshida dunyodagi eng mashhur kriptobirjalar (Binance, FTX, Kraken, KuCoin, Gate, Bitfinex va boshqalar) saytlari ochilmay qoldi.

Ayrim kriptobirjalarda Vazirlar Mahkamasining 05.09.2018 yildagi 707-sonli «Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida cheklov o‘rnatilganligi haqida ogohlantirish paydo bo‘ldi.

Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari va kompaniyalari kriptoaktivlarni faqat milliy provayderlar (shu jumladan kriptobirjalar) orqali sotib olishi, sotishi va ayirboshlashi mumkin, biroq bu 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Shu bilan birga, provayderlar O‘zbekistondagi serverlarda ma’lumotlarni saqlashlari shart. Xalqaro kriptobirjalari buni qilmaydi.

O‘zbekistonda Uznex milliy kriptobirjasi 2020 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda xorijiy kriptobirjalar bloklandi