Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchixonasida Singapurning yirik Food Empire kompaniyasi ko‘magida “O‘zbekiston zamonaviy iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati – Singapur kompaniyalari uchun yangi biznes imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Unda Food Empire, Tech Storm, Wine Tatler, Universal Integrated Corporation Consumer Products, Zero1, Oceanus Group, SCash, Power Hero, Farquhar VC kabi yigirmadan ortiq kompaniyalar rahbarlari, Enterprise Singapore davlat korporatsiyasi departamenti direktori o‘rinbosari Ikai Yao ishtirok etdi.
Zero1 kompaniyasi raisi va ta’sischisi Styuart Tan ta’kidlashicha, Singapurdagi raqamli mobil aloqa operatori bo‘lmish uning kompaniyasi virtual raqamli mobil aloqa operatori sifatida O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor.
Universal Integrated Corporation Consumer Products kompaniyasi boshqaruvchi direktori Ko Xiap iqtisodiyot turli tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligi sohasida (chorvachilik, go‘shtni qayta ishlash va eksport qilish) hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish uchun o‘z kompaniyasi xodimlarini O‘zbekistonga yuborishga qiziqish bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi