Sentabr oyi boshida Apple kompaniyasi uzoq kutilgan iPhone 14 smartfonlarini taqdim qildi. «Daryo» nashri o‘rtacha har bir o‘zbekistonlik yangi iPhone olishi uchun necha kun ishlashi kerakligini hisoblab chiqdi.
Apple rasmiy saytida iPhone 14 Pro narxi 999 dollardan boshlanadi. O‘zbekistonda esa bu narx yanada yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yanvar—iyun oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi 3,54 mln so‘mni tashkil qilgan.
Demak o‘rtacha maosh oladigan o‘zbekistonlik dam olish kunlari bilan hisoblaganda bir kunda 118 ming so‘m topadi.
Markaziy bankka ko‘ra, 14 sentabr bo‘yicha so‘mga nisbatan dollar kursi 10 940 so‘mni tashkil qiladi. iPhone 14 Pro smartfonining rasmiy narxi 999 dollar — 10,9 mln so‘m bo‘ladi.
Yuqoridagi raqamlarga ko‘ra qilingan hisob-kitoblar o‘rtacha maosh oladigan o‘zbekistonlik iPhone 14 Pro olishi uchun 92,6 kun ishlashi kerakligini ko‘rsatdi.
«Picodi.com» portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 14 Pro sotib olish uchun o‘rtacha maosh oladigan turkiyalik 146,7 kun, filippinlik 90,9 kun, braziliyalik 74,2 kun ishlashi kerak bo‘ladi.
Shveysariyada bu ko‘rsatkich 4,6 kunni tashkil qilsa, AQSHda 5,7 kunga, Rossiyada esa 39,7 kunga teng. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi