1 382
O‘zbekistonda yuqori tezlikdagi internet uchun 506,8 mln dollarlik investitsiya kiritilmoqda
Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ma’lum qilishicha, SHHT sammitida aholi va tadbirkorlar uchun yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini kengaytirish maqsadida yarim milliard dollardan ortiq investitsiya shartnomalari imzolandi.
Shu bilan birga, SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Samarqandda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi doirasida ko‘plab sohalarda va ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy-texnik hamkorlik borasida aniq rejalar belgilanib, ularning amalga oshirilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bunday kelishuvlar, avvalo, insonlarning farovonligini oshirishga, ularning turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilishi lozim.
Xitoy raisi Si Szinpin davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida «O‘zbektelekom» AK mamlakatdagi mavjud infratuzilmani modernizatsiyalash va hamkorlar bilan aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha bir qator ishlar olib bormoqda. Jumladan, «Huawei International PTЕ., Ltd.» va «ZTE Corporation» kompaniyalari Xitoy va O‘zbekiston xalqlarining farovonligi yo‘lida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida respublikada telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 506,8 million dollardan ortiq 4 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha «Huawei International PTЕ., Ltd.» va «ZTE Corporation» korporatsiyalari hamda «O‘zbektelekom» AK o‘rtasida jami 8 ta shartnoma imzolandi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish doirasida ikki bosqichda respublikaning g‘arbiy va sharqiy hududlarida telekommunikatsiya tarmoqlari va raqamlashtirishga qaratilgan infratuzilma rivojlantiriladi.
Mazkur loyihalarning amalga oshirilish natijasida aholining telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari va qamrovi yanada kengaytiriladi hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati oshiriladi. Xalqaro ahamiyatga ega magistral avtomobil yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet bilan to‘liq qamrab olish, respublika bo‘ylab temir yo‘llarida yuqori tezlikdagi mobil internet bilan to‘liq qamrab olishga erishiladi.
Shuningdek, Toshkent shahrida va barcha viloyatlar markazlarida beshinchi avlod 5G standartidagi tayanch baza stansiyalari o‘rnatiladi va ma’lumotlarni uzatish va magistral transport tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati kengaytiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi