21:21 / 02.10.2022
1 028

iPhone 13 Pro Max batareya quvvati bo‘yicha yangi sinovda iPhone 14 Pro Max’ni ortda qoldirdi

iPhone 13 Pro Max batareya quvvati bo‘yicha yangi sinovda iPhone 14 Pro Max’ni ortda qoldirdi
Foto: IXBT
Mydrivers iPhone 13 va iPhone 14, iPhone 13 Pro va iPhone 14 Pro, iPhone 13 Pro Max va iPhone 14 Pro Max’ning batareya quvvatining taqqoslash natijalarini e’lon qildi.

Sinovlar 25 daraja haroratda o‘tkazilgan, mobil telefon ekranining yorqinligi taxminan 350 kd/m kvadratda o‘rnatilgan, standart ovoz balandligi 50 foizni tashkil etgan va smartfonlar Wi-Fi tarmog‘iga ulangan.

Douyin’da (TikTok’ning analogi) yarim soatlik sinovdan so‘ng iPhone 14 Pro’da energiyaning 97 foizi saqlanib qoldi, gadjet eng ko‘p energiyani sarflagan. Qolgan modellar taxminan 1-2 foiz energiyasini yo‘qotgan. Shundan so‘ng yarim soatlik Weibo testi, 1080p video tinglash va boshqa testlar o‘tkazildi. Ikki soatlik uzluksiz foydalanishdan so‘ng iPhone 13 Pro Max 90 foiz batareya quvvatini saqlab qolgan yagona gadjet bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinni 87 foiz quvvat bilan iPhone 14 Pro Max egalladi.

Yana yarim soatlik WeChat video qo‘ng‘iroqlari, NetEase bulutli musiqa tinglash va WeChat o‘qishidan so‘ng iPhone 14 Pro’ning quvvati birinchilardan bo‘lib 60 foizdan pastladi, iPhone13 Pro Max esa 72 foiz quvvatini saqlab qoldi. Yarim soat davomida 4K video yozib olish va Genshin Impact o‘rnatuvchisini yuklab olishdan so‘ng iPhone 13 Pro Max’ning batareya quvvati 50 foiz qoldi. Ikkinchi o‘rinni egallagan iPhone 14 Pro Max esa 45 foiz quvvatga ega bo‘ldi. Uchinchi o‘rindan 35 foiz quvvat bilan iPhone 13 joy oldi. iPhone 13 Pro va iPhone 14 Pro’ning har birida 27 foiz quvvatini saqlab qoldi.

Natijada, iPhone 13 Pro va iPhone 14 Pro’ning quvvati deyarli bir vaqtda tushib ketdi va quvvatdagi yakuniy natija 6 soat 47 daqiqa deb qayd etildi. iPhone 14 Pro akkumulatorining ishlash muddati avvalgisiga nisbatan sezilarli darajada o‘zgarmadi.

Foto: IXBT
iPhone 13 ning quvvati umumiy 7 soat 16 daqiqa, iPhone 14 ning batareya quvvati esa 7 soat 24 daqiqaga yetgan. Bu vaqtda iPhone 14 Pro Max’ning quvvati 15 foizni, iPhone 13 Pro Max’ning esa 20 foizni tashkil qilgan. iPhone 14 Pro Max 8 soat 31 daqiqadan so‘ng o‘chgan. iPhone 13 Pro Max esa 9 soat-u 3 daqiqa, ya’ni yarim soat ko‘proq vaqtga xizmat qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 13 Pro Max batareya quvvati bo‘yicha yangi sinovda iPhone 14 Pro Max’ni ortda qoldirdi