O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti tomonidan turli xil kuygan yara va chuqur yaralarni davolovchi bakteritsid xossali, bioeruvchan «Nanoderm» implant-plyonkalar ishlab chiqilgan.
«Nanoderm» plyonkasi kuygan yaralarga qo‘llanilgan vaqt davomida bosqichma-bosqich ta’sirga ega. Plyonka tarkibidagi biologik faol modda eritma, gel shaklidagi dori vositasiga nisbatan uzoqroq vaqt ta’sir etadi. Kuyganlik darajasiga qarab bir necha marotaba qo‘llash mumkin.
Ilk bor nanotexnologiya prinsiplarnini qo‘llagan holda kumush nanozarralari bioeruvchan, bioparchalanuvchan polimer plyonkalarida shakllantirildi.
«Nanoderm» plyonkasi keng ta’sirga ega bo‘lib, mikroorganizmlarga qarshi faollik, kuygan to‘qimalarni regeneratsiyalovchi xossalarni namoyon etadi. «Nanoderm» dori plyonkasi yuqori sorbsion xossani namoyon etib, kuygan yaralar yuzasidagi hosil bo‘lgan yiringlarni o‘ziga shimib oladi va mikroorganizmlarga nisbatan uzoq ta’sirlashish xossasiga ega. Plyonka kuygan yaralar yuzasidan olib tashlanmaydi, vaqt o‘tishi bilan so‘rilib ketadi, bu o‘z navbatida bakteriyalarga qarshi davolash samaradorligini oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?