Foto: Nikkei
Yaponiya Markaziy banki uchta eng yirik milliy banklar bilan hamkorlikda 2023 yilning bahorida raqamli iyenani sinovdan o‘tkazishning so‘nggi amaliy bosqichini boshlaydi. Bu haqda Nikkei xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya milliy raqamli valyutasini ikki yillik sinovdan o‘tkazishda foydalanuvchilar omonatlardan foydalanishi mumkinligiga ishonch hosil qilish niyatida. Tizimning o‘zi esa internet aloqasi bo‘lmagan taqdirda ham ishlayveradi.
Biroq Yomiuri gazetasiga ko‘ra, test sinovlari davomida alohida kompaniyalar va jismoniy shaxslar raqamli iyenani amalda sinab ko‘rishi kutilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, testning ushbu so‘nggi bosqichi yakunlangandan so‘ng, 2026 yilda iqtisodiyotga raqamli iyenani joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin.
Bungacha, 2021 yilda va joriy yilda mutaxassislar raqamli valyutani chiqarish va muomalaga kiritish bilan bog‘liq funksiyalarni sinab ko‘rishgan.
Kriptovalyutalar singari, raqamli valyutalar ham klassik pullardan farqli o‘laroq, faqat raqamli makonda qo‘llaniladi.
Biroq kriptovalyutalarda emitent deyarli har qanday foydalanuvchi bo‘lishi mumkin, raqamli milliy valyutaning emitenti esa davlat regulyatori hisoblanadi.
Yaponiya AQSH va Yevropa davlatlarining raqamli valyutalar sohasidagi qadamlarini yaqindan kuzatishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?