Facebook 360 darajali fotosuratlarni ko‘rish funksiyasini ishga tushiradi

Bir necha haftadan so‘ng Facebook foydalanuvchilari 360 darajali fotosuratlarni ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda "Daryo" nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, fotosurat 360 darajali video kabi shaklga ega bo‘ladi: unga kursorni olib borib, desktopda tortish, smartfon orqali esa ekranni burish kifoya, shunda fotosuratlar boshqa burchakdan ko‘rinadi.
Funksiya Rioch Theta S singari sferik kamera bilan olingan fotosuratlarni, shuningdek, smartfonga olingan panoramali suratlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Sferik (360 darajali) videolarni ko‘rish imkoniyati ijtimoiy tarmoqda 2015 yil sentyabrida joriy etilgandi.
360 darajali foto va video Facebook’ka tegishli Oculus VR kompaniyasi mahsulotlari va umuman virtual reallikni targ‘ib qilish bo‘yicha katta loyihaning bir qismidir. Aprel oyida bo‘lib o‘tgan F8 konferensiyasida Facebook 12 ob’ektivli 360 darajali kamerani taqdim etgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing