00:22 / 12.12.2022
1 721

Bolalarni sun’iy yetishtiruvchi dunyodagi birinchi konsepsiya taqdim qilindi (video)

Bolalarni sun’iy yetishtiruvchi dunyodagi birinchi konsepsiya taqdim qilindi (video)
Foto: Science and Stuff
EctoLife dunyodagi birinchi chaqaloqni sun’iy yetishtirish qurilmasini taqdim etdi. Bu haqda Science and Stuff xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, EctoLife nomli sun’iy bachadon konsepsiyasi homilador bo‘lishga qiynalayotgan ko‘pchilikning hayotini o‘zgartirishi mumkin.

«Qurilma saraton yoki boshqa asoratlar tufayli bachadonini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlagan ayollar uchun ideal yechim. Bu, shuningdek, sperma sonining pastligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga ham yordam berishi mumkin», — deydi EctoLife bosh direktori Al-Gayli.

Taxminlarga ko‘ra, EctoLife yordamida biri yilda 30 000 nafargacha chaqaloqni «dunyoga keltirish» mumkin, bo‘lajak ota-onalar esa maxsus mobil ilovadan foydalangan holda istalgan vaqtda farzandi qanday yetilayotganini kuzatadi. EctoLife tug‘ilishning pasayishi muammosiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan va optimistik ekspertlarning fikriga ko‘ra, kelgusi o‘n yil ichida ishga tushishi mumkin.

Foto: Science and Stuff
EctoLife sun’iy intellektdan keng foydalanishi kutilmoqda, uning ilovasida har bir bolani o‘z ehtiyojlariga moslashtirilgan individual oziq moddalar bilan ta’minlash ham o‘rin olgan. EctoLife, shuningdek, ota-onalarga sun’iy qorinda joylashgan va virtual eshitish vositasiga ulangan 360 darajali kameralar yordamida farzandini kuzatish imkonini beradi.

«Ota-onalar hatto musiqa pleylistni tanlashi yoki farzandlari ko‘nikishi uchun o‘z ovozlarini ijro etishi mumkin», — deydi Al-Gayli.

Ta’kidlanishicha, qurilma tug‘ilish ko‘rsatkichi past bo‘lgan davlatlar, jumladan Yaponiya, Bolgariya va Janubiy Koreyaga tug‘ilishni oshirishda yordam berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bolalarni sun’iy yetishtiruvchi dunyodagi birinchi konsepsiya taqdim qilindi (video)