Foto: Samsung
Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S23 flagman smartfonlari seriyasini e’lon qildi. Kompaniya vakillari Galaxy Unpacked tadbiri chog‘ida smartfonlarni taqdim etdi. Marosim kompaniyaning YouTube kanalida namoyish etildi.
Yangi smartfonlar qatoriga Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra kiradi. Seriya qurilmalari Snapdragon 8 Gen 2 protsessori va 8 gigabayt operativ xotira bilan ta’minlangan.
Foto: Samsung
Asosiy smartfon 6,1 dyuymli Dynamic AMOLED 2X displeyga ega bo‘lib, 120 gers chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi, 128 gigabaytlik disk, 50, 12 va 10 megapikselli linzali uch kameraga ega. Qurilma 3900 milliamper-soat quvvatga ega akkumulatorni oldi. Galaxy S23+ modeli asosiy smartfondan 6,6 dyuymli ekran va 4700 milliamper-soatli batareyaga egaligi bilan farq qiladi.
Foto: Samsung
Seriyaning eng yaxshi telefoni 6,8 dyuymli displeyni oldi. Galaxy S23 Ultra 200, 12 va 10 megapikselli kameralar, 100 marta kattalashtira oladigan masshtabli kamera, 5000 milliamper-soatli batareyaga ega.
Foto: Samsung
Seriyadagi eng hamyonbop qurilma – Galaxy S23 narxi 799 dollar yoki taxminan 9 mln so‘mni tashkil qiladi. Galaxy S23 Ultra 1199 dollar yoki taxminan 13,5 mln so‘mga baholangan. Samsung o‘z veb-saytida flagmanlarga oldindan buyurtma berish imkoniyatini ochgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da yoshlar yo‘q? Buning uchun sharoitlar yo‘q"