
Foto: Nikita Popov
Telegram haqidagi mualliflik kanali asoschisi, rossiyalik Georgiy Lobushkin ijtimoiy tarmoqning O‘zbekistondagi statistikasi bilan o‘rtoqlashdi.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston kanallar soni bo‘yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib olgan.
«Ko‘pchilik bilmaydi, lekin hozir O‘zbekiston Telegram kanallari soni va ularning auditoriyasi bo‘yicha ikkinchi (Rossiyadan keyin) o‘rinda turadi. O‘zbekistonda Telegram kanallarining umumiy auditoriyasi 740 990 000 kishini tashkil qiladi», deb yozdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Telegram bozori juda faol rivojlanmoqda va juda istiqbolli ko‘rinadi.
Lobushkinning xabar berishicha, hozir O‘zbekistonda 123 mingdan ortiq Telegram kanali, 18 mingga yaqin chat bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar