Google Cloud Saudiya Arabistoni Qirolligi bilan birgalikda ayollarga sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha keng ko‘lamli bepul Elevate ta’lim dasturini ishga tushirmoqda. Bu haqda IT Park xabar berdi.
Dasturning asosiy maqsadi va vazifasi — STEM (Sciyence, Technology, Engineyering, Mathematics) sohalarida gender tafovutini kamaytirish orqali ayollarning sun’iy intellekt texnologiyalari sohasida martaba qurish va davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
Trening ingliz tilida, aralash formatda, Google Cloud jamoasi ko‘magida o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar STEM, axborot menejmenti yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari, biznes boshqaruvi va biznes informatika yo‘nalishlari bo‘yicha universitet bitiruvchilari, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarda yashovchi 22 yosh va undan yuqori bo‘lgan ayol va qizlar ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirokchilardan ingliz tilini bilish, kompyuter savodxonligi, kompyuter va internetga kirish imkoni talab qilinadi.
Trening ikki yo‘nalishda olib boriladi:
1. Texnik kompetensiyalar — dastur ishtirokchisining qiziqishlari va tajribasiga qarab yana 3 ta yo‘nalishga bo‘linadi (Google Cloud Arxitekturasi, ma’lumotlar muhandisligi, Machine Learning va Data Prosessing);
2. Biznes kompetensiyalari — barcha uchun umumiy yo‘nalishdir (raqamli transformatsiyaga kirish, bulutli muhitning korporativ xavfsizligi va boshqalar).
Arizalar 2023 yil 31 martgacha qabul qilinadi.
Elevate — bu Google Cloud va Saudiya Arabistoni Qirolligi Data and AI Authority (SDAIA) tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan sun’iy intellekt va machine learning texnologiyalari bo‘yicha ayollarni o‘qitish uchun bepul ta’lim dasturi.
Dastur ish o‘rinlari sonini oshiradi hamda fan, texnologiya va dasturlash, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda gender tafovutini kamaytiradi. Kelgusi 5 yil ichida tashabbus doirasida 25 ming nafargacha xotin-qizlarni jalb etilishi rejalashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?