Foto: Bloomberg
Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi xodimlariga axborot tarqalishidan qo‘rqib, korporativ qurilmalarda ChatGPT chatboti va shunga o‘xshash texnologiya mahsulotlaridan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda kompaniyaning ichki hujjatiga tayanib Bloomberg xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyida Samsung Electronics muhandislari korporativ manba kodini ChatGPT'ga yuklash orqali tasodifan sizdirib yuborishgan.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu va shunga o‘xshash chatbotlarga yuklangan ma’lumotlar tashqi serverlarda saqlanadi va shuning uchun uchinchi shaxslar foydalanishi mumkin.
“Xavfsizlik talablariga vijdonan rioya qilishingizni so‘raymiz, qoidabuzarliklar kompaniya ma’lumotlarining sizib chiqishiga, bu esa ishdan bo‘shatishgacha bo‘lgan intizomiy oqibatlarga olib kelishi mumkin”, — deyiladi Samsung rasmiy hujjatida agentlik so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, taqiq korporativ qurilma va tarmoqlarga taalluqlidir. Boshqa qurilmalardagi chatbotlardan foydalanganda, xodimlarga mualliflik huquqi bilan himoyalangan ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni yuklash taqiqlanadi. Bunga parallel ravishda kompaniya o‘zining ChatGPT analogini joriy etish ustida ishlamoqda.
Amerikaning OpenAI kompaniyasi ChatGPT chatbotini 2022 yil oxirida ishga tushirdi. Xizmat foydalanuvchi bilan muloqot rejimida ishlaydi. Chatbot qo‘shimcha savollarga javob berishi, xatolarini tan olishi, noto‘g‘ri savollarga e’tiroz bildirishi va nomaqbul so‘rovlarni rad etishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?