21:13 / 05.05.2023
347

Ukraina jangchilari Baxmutda “Vagner”ning o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi

Ukraina jangchilari Baxmutda “Vagner”ning o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi
Ukraina qurolli kuchlari “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasining Baxmutdagi o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi. Bu haqda mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar ma’lumot berdi.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik himoyachilar Donbassda dushmanga kuchli qarshilik ko‘rsatishda davom etmoqda va faol hujum harakatlarini amalga oshirmoqda. Bu safar ular “Vagner” jangchilariga tegishli bo‘lgan o‘q-dorilar omborini yo‘q qilgan. Bu “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning snaryadlar yetishmasligi haqidagi bayonoti fonida sodir bo‘lmoqda.
 
Mudofaa kuchlarimiz nafaqat kuchli qarshilik ko‘rsatmoqda, balki dushmanga topshiriqni bajarishga ham imkon bermayapti. Mudofaani yorib o‘tilishiga qarshilik ko‘rsatilmoqda. Biz tomondan faol hujum harakatlari olib borilmoqda. Jangchilar 'Vagner' o‘q-dorilari saqlanadigan omborni yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.
 
Anna Malyarning ta’kidlashicha, ruslar ramziylikka juda moyil, shuning uchun bosqinchilar 9 maygacha Baxmut shahrini egallashga urinishda davom etishi mumkin.
 
Eslatib o‘tamiz, 5 may kuni “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin o‘z jangchilari 10 may kuni Donetsk viloyatining Baxmut shahridan o‘q-dorilari yo‘qligi sababli chiqib ketishini aytgandi. U Sergey Shoygu boshchiligidagi Rossiya Mudofaa vazirligi o‘q-dorilar yetkazib berish bo‘yicha talablarga rioya qilmaganini aytgan.
 
Shuningdek, 5 may kuni Sharqiy guruh spikeri Sergey Cherevatiy rossiyalik shaxslarning bunday bayonotlari boshqacha maqsadda bo‘lishi va haqiqatga mos kelmasligi mumkinligini bildirgan. Xususan, Prigojinning bayonoti o‘q-dorilar tanqisligi bilan emas, balki jangchilar yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ukraina jangchilari Baxmutda “Vagner”ning o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi