Foto: James O‘brien//OCCRP
Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tib, har oy Qozog‘iston orqali millionlab dollarlik dron va mikroelektronika sotib oladi. Bu haqda Important Stories, Der Spiegel va OCCRP qo‘shma surishtiruvida ma’lum qilindi.
Xususan, nashr Rossiyaga dronlarning asosiy yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lgan Qozog‘istonning Aspan arba kompaniyasi urush boshlanganidan keyin tuzilganini aniqladi. Uning Rossiyadagi asosiy kontragenti Moskvaning “Nebesnaya mexanika” kompaniyasi bo‘lib, ikkala tashkilotning ham egasi bir xil.
“Nebesnaya mexanika”ning xaridorlari orasida qurolli mojarolar faxriylari federatsiyasi, Kamchatka viloyat urush va mehnat faxriylari kengashi, shuningdek, rus harbiylari sotib oladigan Ozon’dagi do‘kon bor.
Federal qidiruv byurosi, razvedka va Mudofaa vazirligi uchun elektronika ishlab chiqarish uchun komponentlar Rossiyaga Qozog‘istonning Da Group 22 kompaniyasidan nemis chiplarini sotib oluvchi “Stek” kompaniyasi tomonidan import qilinadi. “Stek”, Da Group 22 va nemis distribyutorlari bir oila a’zolariga tegishli.
Umuman olganda, tergov mualliflarining aniqlashicha, urush boshlanganidan keyin Qozog‘istonga mikroelektronika importi ikki baravarga oshgan — 35 million dollardan 75 million dollargacha. Qozog‘istondan Rossiyaga chiplar eksporti birdaniga ikki baravarga ko‘tarilgan — 245 ming dollardan 18 million dollargacha.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?