17:22 / 12.07.2023
76

Threads’dan hatto Twitter xodimlari foydalanmoqda

Threads’dan hatto Twitter xodimlari foydalanmoqda

Yaqinda ishga tushirilganiga qaramay, rekord darajada tez foydalanuvchi to‘playotgan Threads servisidan uning asosiy raqibi Twitter’ning ham ko‘plab xodimlari foydalanmoqda, deb xabar berdi Daily Mail.

Hatto Twitter xodimlaridan biri The Daily Beast nashriga Threads “yaxshiroq” ekanini aytgan.

“Buning uchun ishdan haydalsam kerak, lekin hozir Twitter’da ishlayotgan bo‘lsam ham, undan hech qachon foydalanmaganman. Mana bu yangi dunyo!” — qo‘shimcha qildi u.

Boshqa bir foydalanuvchi Threads’da ro‘yxatdan o‘tish jarayonining qulayligini maqtab, shunday yozdi: “Rostini aytaman, ro‘yxatdan o‘tish jarayoni juda yaxshi bo‘ldi”.

Bunday xodimlar bir-ikki kishi emas, nashrga ma’lum 133 xodimning chorak qismi Twitter raqobatchisida ro‘yxatdan o‘tgan. Maskning qo‘lida ishlaydiganlar hozirda taxminan 1 700 kishini tashkil etadi, yana yuzlab odamlar Threads’ga qo‘shilgan bo‘lishi mumkin.

MailOnline, shuningdek, Twitter’ning boshqa sobiq va amaldagi xodimlari Threads’dan uning ustidan shikoyat qoldirish yoki Maskning platformasini targ‘ib qilish uchun foydalanayotganini aniqladi.

Ayni paytda Twitter egasi Ilon Mask va Meta rahbari Mark Sukerberg o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan. Twitter Threads sabab Meta kompaniyasini sudga berish bilan tahdid qilmoqda.

Meta 6-iyul kuni Threads’ni ishga tushirdi

Amerikaning Meta kompaniyasi 6-iyulga o‘tar kechasi Twitter’ning asosiy raqobatchisiga aylanishi kutilayotgan Threads matnli servisini ishga tushirdi.

Yangi servisning interfeysi ko‘p jihatdan Twitter’ga o‘xshash bo‘lib, unda maksimal 500 ta belgili xabarlarni, shuningdek, fotosuratlar va 5 daqiqagacha bo‘lgan videolarni joylashtirish mumkin.

6-iyuldan boshlab dasturni yuzdan ortiq mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va Yaponiyada App Store va Google Play’dan yuklab olish mumkin. Servis hozircha Yevropa Ittifoqida ishlamaydi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Threads’dan hatto Twitter xodimlari foydalanmoqda