O‘zbekistonning yirik kon-boyitish kombinati tez orada Rossiyadan 30 tonnali nodir robot oladi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, robot tog‘-kon sanoati uchun mo‘ljallangan. U Moskvada ishlab chiqilgan. Dunyoda bunday qurilmani faqat ikki korxona ishlab chiqaradi, ulardan biri Rossiya poytaxtida joylashgan.
Aniqlik kiritilishicha, robot foydali qazilmalarni qazib olishda yirik bo‘laklarni maydalashga yordam beradi. U bilan oltin, nikel yoki temir jinslarini maydalash mumkin. Bundan tashqari, bu robot ilg‘or masofadan boshqariladigan texnologiyalar bilan jihozlangan.
Bunday texnlogiyalardan foydalanish tog‘-kon ishlarini samaraliroq va xavfsiz bajarishga imkon beradi.
Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt kompaniyasining mahsulotlari hozir Rossiyaning ko‘plab mintaqalari va xorijga yetkazib berilmoqda.
“Shunga o‘xshash uchta qurilma tez orada O‘zbekistonning yirik kon-boyitish kombinatiga jo‘natiladi”, - deya yozdi Rossiya meri o‘zining Telegram-kanalida.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring