Yaponiyalik muhandis Kuzata Shibata 8 avgust kuni o‘zinig Twitter'dagi sahifasida issiqda salqinlashga yordam beradigan qurilma yasagani haqida video joylashtirdi. Qurilmaga “T-shirt Pata-Pata” deb nom bergan. Bukilib-ochiladigan mexanik qurilmaning asosiy qismi shimning qoringacha ko‘tarilgan joyiga qistirib qo‘yiladi. Ikki ilgagi esa futbolka yoki ko‘ylakka magnit bilan mahkamlanadi. Ilgaklar bukilib-ochilib, futbolkani yelpib turadi.
Bu qurilma bir ko‘rishda juda oddiy va bir qarashda odamlarning yuziga tabassum yugurtiradi. Chunki issiqda hamma ham kiygan futbolkasini yelpib turishga hafsala topmasligi mumkin.
Bundan tashqari, Kazuya o‘zining oddiy lekin, kundalik hayotda asqatadigan kulgili qurilmalari bilan mashhur. Masalan, qutidagi chipslarni sindirmasdan yuqoriga ko‘tarib beruvchi moslamasi, Hollivud kinolarini eslatadigan kitob ochilganda yorug‘lik taratadigan qurilmasi ham ko‘pchilikning tabassumiga sabab bo‘lgan.
2023 yil iyuli oldingi yillardagidan ancha issiq kelgani uchun odamlar salqinlashning tulri usullarini sinab ko‘rishdi. Masalan, sal oldirnoq Xitoyda yuzni quyoshdan asraydigan “feysaki” deb nomalangan niqoblar ommalashgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring