.jpg)
Eron Mudofaa sanoati kuni munosabati bilan yangi Mohajer-10 droni namoyish qilindi. Bu haqda Mehr News Agency xabar berdi.
7 kilometrdan ortiq balandlikda va 2000 kilometr masofada 24 soat uzluksiz parvoz qila oladigan Mohajer-10 droni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy ishtirokida taqdim etildi. Raisiy mamlakat mudofaa sanoatining so‘nggi yutuqlari aks etgan ko‘rgazmaga tashrif buyurdi.
Mohajer-10 dronining maksimal yonilg‘i sig‘imi 450 litr, yukining maksimal og‘irligi esa 300 kilogramm.
Dronning maksimal tezligi soatiga 210 kilometrni tashkil etadi, u barcha turdagi o‘q-dorilar va bombalarni olib yurishi mumkin, shuningdek, elektron urush va razvedka tizimlari bilan jihozlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar