date

Tarmoqda yangi iPhone 7 suratlari paydo bo‘ldi

Tarmoqda yangi iPhone 7 suratlari paydo bo‘ldi

Fransuz blogi Nowhereelse sentyabrda taqdim etilishi kutilayotgan Apple iPhone 7 va iPhone Pro smartfonlarining suratlarini chop etdi. Sayt tahririyati suratning ishonchliligiga kafolat bera olmaydi. Bu haqda "Kun.uz" ma’lum qildi.

Qurilmalarning birida, ya’ni iPhone 7da asosiy ob’ektivning kattalashganini ko‘rish mumkin. O‘z o‘rnida, suratdagi iPhone 7 Pro smartfonining orqa tomonida ikkita kamera mavjud.

Avvalroq bunday ob’ektiv mavjud bo‘lishi haqida boshqa OAV ham ham bergan edi. Biroq suratlar yangi Apple gadjetlarida 3,5 mm hajmli audioulagichlar olib tashlanishini aks ettirmagan. Nowhereelse mualliflari qayd etishicha, suratlarda shunchaki «o‘yinchoq» — ichki va farqlovchi belgilarga ega bo‘lmagan gadjet talqini tasvirlangan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Tarmoqda yangi iPhone 7 suratlari paydo bo‘ldi