23:43 / 09.09.2023
135

iPhone 15 Pro smartfoni Apple kompaniyasining eng yengil telefoni bo‘ladi

iPhone 15 Pro smartfoni Apple kompaniyasining eng yengil telefoni bo‘ladi

Foto: appleinsider.com

iPhone 15 Pro smartfoni so‘nggi yillardagi shunga o‘xshash modellarga qaraganda taxminan 10 foizga yengilroq bo‘ladi. U yangi titan ramka tufayli «vazn yo‘qotadi».

Bu shuni anglatadiki, yangi mahsulot iPhone XS modelidan keyingi eng yengil telefon bo‘ladi. Uning vazni atigi 185 grammga teng.

So‘nggi yillardagi iPhone smartfonlari og‘irligi:

- iPhone X: 174 gramm;

- iPhone XS: 177 gramm;

- iPhone 11 Pro: 188 gramm;

- iPhone 12 Pro: 189 gramm;

- iPhone 13 Pro: 203 gramm;

- iPhone 14 Pro: 206 gramm. 

iPhone 15 Pro Max ham yengilroq bo‘ladi - u 10 foizga yengillashadi: taxminan 216 gramm. 

iPhone XS Max davridan boshlab top smartfonlar og‘irligi:

- iPhone XS Max: 208 gramm;

- iPhone 11 Pro Max: 226 gramm;

- iPhone 12 Pro Max: 228 gramm;

- iPhone 13 Pro Max: 238 gramm;

- iPhone 14 Pro Max: 240 gramm. 

Apple yangi gadjetlarini 12 sentyabr kuni rasman taqdim etadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 15 Pro smartfoni Apple kompaniyasining eng yengil telefoni bo‘ladi