07:31 / 12.10.2023
205

Rossiyalik hakerlar Yevropa aeroportlariga hujum qildi

Rossiyalik hakerlar Yevropa aeroportlariga hujum qildi

Foto: Freepik

Rossiyaparast Killnet hakerlar guruhi Yevropaning 13 ta aeroporti kompyuter tizimlariga yirik DDoS hujumi amalga oshirilganini e’lon qildi. Bu haqda Killnet ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqatdi.

Fransiya, Germaniya, Sloveniya va Polsha aeroportlariga hujum uyushtirildi. Hakerlar shaharlarni shunday tanlashganki, ular xaritada uch harfli ruscha odobsiz so‘z hosil qiladi.

Rossiyaparast hakerlar hujumi oqibatida aeroport kompyuter tizimlarida uzilishlar kuzatila boshlagan. Yo‘lovchilar esa parvozlar jadvalini, parvoz holatini va boshqalarni kuzata olmagan.

Yevropa aeroportlari infratuzilmasiga hujumlar qancha vaqt davom etishi ma’lum emas.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyalik hakerlar Yevropa aeroportlariga hujum qildi